1. Suratda ko`rsatilgan holatga keling. To`g`ri, oson bo`lmaydi. Lekin bu mashq yordamida bo`ksa hajmini kichraytirish mumkin.

2. Tik turgancha oyoq uchiga teginishga harakat qiling. Mashq davomiyligi 6-8 marta.

3. Qo`l mushaklarini chiniqtirish, teri tarangligini mustahkamlash uchun ushbu mashqning foydasi bisyor. 6 marta qo`l mushaklarini tayangancha, gavdani pastga engashtirib, ko`taring.

4. Tana og`irligini oyoq va qo`l mushaklariga yuklang. Navbat bilan bir qo`lni yuqoriga ko`tarib, unga qarama-qarshi tarafdagi oyoqni ham harakatga keltiring. Davomiyligi 6 marta.

5. Yotgan holatda tizzani buking. Qorin tomonga cho`zib, avval yuqoriga so`ng ikki yon tarafga harakatlantiring.

6. Qorin mushaklari uchun press. Tizza bukilgan, gavdani xiyol ko`tarib, qorin mushaklarini chiniqtirasiz. Mashqni 10 marta bajarishdan boshlang.







