Namangan viloyati Yangiqo`rg`on tumani Birlashgan QFY hududida joylashgan “Paynet” shahobchasi oldida noma`lum shaxs eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan “Damas” rusumli avtomashinani haydab qochgan. Avtomashina shu qishloq fuqarolar yig`inida yashovchi, ishlamaydigan, 1982 yilda tug`ilgan fuqaroga tegishli ekanligi aniqlandi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni shu erda yashovchi ishlamaydigan, 1982 yilda tug`ilgan shaxs sodir etganligi aniqlanib, mast holda mashinani boshqarib ketayotganda ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






