AsosiyDunyo

​Kressida Dik Skotlend-Yardni boshqaruvchi ilk rahbar ayol bo`ldi

'​Kressida Dik Skotlend-Yardni boshqaruvchi ilk rahbar ayol bo`ldi'ning rasmi

Ilk marotaba ayol kishi London polisiyasi rahbari etib tayinlandi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Qo`shma Qirollikning eng yirik polisiya boshqarmasi rahbari etib, Buyuk Britaniyaning milliy antiterrorchilik xizmati sobiq rahbari Kressida Dik (Cressida Dick) tayinlandi. 56 yoshli Kressida Dik mazkur lavozimni 2011 yildan beri ishlayotgan ser Bernard Xogan-Xau (Bernard Hogan-Howe)dan qabul qilib oladi. Dik Skotlend-Yardda 30 yildan ortiq vaqt mehnat qilib, 2014 yilda ishdan bo`shagan. U qadrdon mehnat jamoasiga qaytganidan xursand ekanligini ma`lum qildi. Mazkur lavozimga saylanish uchun Dik London meri Sodiq Xonning rasmiy roziligini olishi lozim edi. Ammo 2005 yilda halok bo`lgan braziliyalik Jana-Sharlya de Menezishaning yaqinlari merdan Dikni qayta ishga qabul qilmaslikni talab etdi. Chunki o`sha paytda aynan Dik Londondagi portlash tafsilotlarini aniqlash uchun o`tkazilayotgan maxsus tadbirga rahbarlik qilgan. O`shanda polisiyachilar braziliyalik Janni adashib terrorchi deb o`ylab, otib o`ldirgan. Bo`lib o`tgan sud majlisida bu tasodifligi isbotlanib, Kressida Dik oqlangan. O`sha paytlarda aksariyat britaniyaliklar uning karerasiga nuqta qo`yildi, deb hisoblagan edi. Ammo shahar meri uning polisiyaga rahbarlik qilishiga mone`lik qilmadi. Ayni kunlarda Buyuk Britaniyadagi jinoiy ishlar va adliya tizimidagi eng yuqori besh lavozimni ayollar egallagan. Skotlend-Yardning yangi rahbari qirolicha oldida qasamyod qabul qiladi va unga yiliga (mukofotdan tashqari) 270 ming funt maosh tayinlanadi. U mazkur lavozimda besh yil ishlashi, qirolichaning buyrug`i asosida muddat uzaytirilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar