AsosiyDunyo

​Erkaklardan xafsalasi pir bo`lgan ayol o`ziga turmushga chiqishga qaror qildi

'​Erkaklardan xafsalasi pir bo`lgan ayol o`ziga turmushga chiqishga qaror qildi'ning rasmi

39 yoshli britaniyalik ayol o`z orzusidagi yigitni uchrata olmadi va shuning uchun o`ziga turmushga chiqishga qaror qildi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.

Linn Gollodji ismli bu ayol aprel oyida dasturxon bezab, to`yini chiqnlari davrasida nishonlashni rejalashtirmoqda. Keyinroq u Italiyaning Rim shahriga yolg`iz o`zi asal oyini o`tkazishga jo`nab ketadi. Gollodjining aytishicha, u orzusidagi insonni kutishdan charchagan va u o`zini yolg`izlikda ham yaxshi his etmoqda.

“Men turmush qurishni istamayman va buni nishonlamoqchiman”,—deydi britaniyalik ayol.

Britaniyaning Roterem shahrida yashovchi ayolning bu qarorini yaxshi qabul qilishdi. Ular Gollodjiga to`y marosimini o`tkazishga ko`mak berishmoqda.

Boshqa yangiliklar