AsosiyDunyo

​Pokistonda sud binosida terakt sodir bo`ldi

'​Pokistonda sud binosida terakt sodir bo`ldi'ning rasmi

Pokistonning Tangi shahrida joylashgan sud binosida sodir bo`lgan terakt oqibatida 6 kishi halok bo`ldi, 30 kishi yaralandi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Nashrning xabar berishicha, bir necha kishi og`ir yaralanganligi tufayli halok bo`lganlarning soni ortishi mumkin. Voqea bugun, Tangi shahrining Charsadda okrugida yuz berdi. Uch nafar terrorchi sud binosi ichiga kirishga harakat qildi, ulardan biri kirish joyida o`zini portlatib yubordi. Qolgan ikki nafar jangari esa ichkariga granata tashlaganda, polisiyachilar tomonidan otib o`ldirildi.

Fevral oyining o`rtasida Pokistonda bir qator teraktlar sodir bo`ldi. 16 fevral kuni Sexvan-Sharif shahridagi portlashdan keyin Pokiston hukumati keng ko`lamda kontrterrorchilik kampaniyasini o`tkazdi. Kampaniya oqibatida mamlakatning turli qismlarida 100 ga yaqin jangarilar yo`q qilindi, ulardan 250 nafari qo`lga olindi. O`tgan haftadan beri Afg`oniston chegarasi yopildi, jangarilarning chegaradan bostirib kirishining oldini olish maqsadidi chegara tumanlarida qo`riqlash xizmati kuchaytirilgan ish tartibiga o`tdi.

    Boshqa yangiliklar