Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turnirining “H” guruhi 2-turidan o`rin olgan “Jiangsu Suning” (Xitoy) va “Adelaida Yunayted” (Avstraliya) klublari o`rtasidagi o`yinga rasmiylar tayinlandi.
Uchrashuv bosh hakami o`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov bo`ladi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi. OFK to`rtinchi hakam vazifasini filippinlik Daypuyat Klifford Postanes yukladi. Uchrashuv komissari – Muhammad Said Al Masri (Suriya). Hakamlar nazoratchisi vazifasini qatarlik Hani Tolib Safar bajaradi.
“Jiangsu Suning” – “Adelaida Yunayted” uchrashuvi 1 mart kuni Nankin shahridagi Nanjing Olympics Sports Center bo`lib o`tadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 19:35 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Ma`lumot uchun, Ravshan Ermatov OChL–2017 turniri “F” guruhi 1-turidan o`rin olgan “Vestern Sidney Uonderers” (Avstraliya) – “Urava Red Daymonds” (Yaponiya) uchrashuviga bosh hakam etib tayinlangandi. Mazkur o`yin bugun bo`lib o`tadi.






