AsosiySport

Qur`aning ko`zi ko`r yoxud Angliya Kubogi chorak finalida "MYu" va "Chelsi" o`ynaydi

'Qur`aning ko`zi ko`r yoxud Angliya Kubogi chorak finalida "MYu" va "Chelsi" o`ynaydi 'ning rasmi

Angliya Kubogi musobaqasining nimchorak finalidan o`rin olgan barcha o`yinlar yakunlandi. Chorak final juftliklarini aniqlash maqsadida qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.

Unga ko`ra, “Manchester Yunayted” safarda “Chelsi” bilan o`ynaydigan bo`lsa, “Tottenxem” “Midlsbro” bilan kuch sinashadi.

“Arsenal” esa yana bir quyi divizon vakili “Linkoln Siti” bilan o`z maydonida bahs olib boradi. Ma`lumot uchun, chorak final o`yinlari shu yilning 11-12 mart kunlari o`tkaziladi.

Angliya Kubogi, 1/4 final juftliklari

Chelsi – Manchester Yunayted

Midlsbro – Xaddersfild/Manchester Siti

Tottenxem – Milluol

Arsenal – Linkoln Siti.

    Boshqa yangiliklar