AsosiySport

OChL–2017. “Lokomotiv” musobaqani mag`lubiyat bilan boshladi

'OChL–2017. “Lokomotiv” musobaqani mag`lubiyat bilan boshladi'ning rasmi

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 musobaqasi “A” guruhi 1-turidan o`rin olgan “Al-Taavon” va “Lokomotiv” klublari o`rtasidagi o`yin o`z yakuniga etdi. Mazkur bellashuvda saudiyaliklar 1:0 hisobida zafar quchdi.

Birinchi bo`limda hisob ochilmadi va jamoalar tanaffusga 0:0 hisobida chiqib ketdi. Ikkinchi bo`limda “Al-Taavon” faol harakat qildi. 68-daqiqada burchakdan uzatilgan to`pga Talal Al Absi boshi bilan zarba berdi va hisobni ochishga erishdi.

Ushbu gol o`yinda yagonaligicha qoldi va “Lokomotiv” 2017 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi mag`lubiyat bilan boshladi.

OChL–2017. “A” guruhi, 1-tur

“Al-Taavon” (Saudiya Arabistoni) – “Lokomotiv” (O`zbekiston) 1:0

Gol: Talal Al Absi (68)

Ogohlantirishlar: Al Absi (80) – Muhammad Kone (76)

“Al-Taavon”: Al Gamdi, Machado, Ali Absi, Al Baraka, Al Hussayn, Abusaban (Al Olayan, 80), Musa, Moaaz, N’Diaye, Sanmarten (Kano, 87), Al Zain (Al Sairi, 72).

“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Sadriddin Abdullaev (Quvondiq Ro`ziev, 68), Sardor Mirzaev, Salim Mustafoev, Timur Kapadze (Salamat Quttiboev, 87), Islom To`xtaxo`jaev, Shuhrat Muhammadiev, Oleg Zoteev (Marat Bikmaev, 57), Muhammad Kone, Jaloliddin Masharipov.

Boshqa yangiliklar