AsosiySport

O`zbekistonlik FIFA instruktori Portugaliyada tashkil qilingan seminarda ishtirok etdi

'O`zbekistonlik FIFA instruktori Portugaliyada tashkil qilingan seminarda ishtirok etdi 'ning rasmi

O`zbekistonlik FIFA va OFK instruktori, OFK hakamlar departamenti maslahatchisi va texnik eksperti Farhod Abdullaev 13–17 fevral kunlari Portugaliyaning Faru shahrida o`tkazilgan FIFA instruktorlari seminarida ishtirok etdi.

Mazkur seminarni o`tkazishdan asosiy maqsad texnik va fitnes-instruktorlarni 2017 yilgi mavsumga tayyorlashdan iborat bo`ldi. Seminar ham nazariy, ham amaliy mashg`ulotlarni o`z ichiga oldi. Besh kun davom etgan o`quv-mashg`ulotlarida futbol qoidalaridani o`zgarishlarning yangi – 2017/18 yilgi nashri muhokama qilindi.

Oliy darajadagi seminarda FIFAning 52 nafar texnik hamda 25 nafar fitnes-instruktorlari qatnashdi. O`quv-mashg`ulotlarda, shuningdek, FIFA hakamlar qo`mitasi raisi – italiyalik sobiq hakam Perluiji Kollina va FIFA hakamlar departamenti direktori Massimo Buzaka ishtirok etdi.

Boshqa yangiliklar