AQShning Nyu-Jersi shahridagi ko`chalardan biriga unchalik katta bo`lmagan yo`lovchi tashuvchi samolyotlardan biri quladi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
Samolyot yo`l yuzida turgan mashinalarning ustiga qulab, odam yashaydigan uyga urilay dedi. Qutqaruvchilar samolyot uchuvchisini majaqlangan samolyot ichidan qutqarishga muvaffaq bo`lishdi, u kasalxonaga yotqizildi va tirik qoldi. Polisiya voqeaga oydinlik kiritmoqda.






