“Barselona” jamoasi faxriysi Andres Inesta “Leganes”ga qarshi (2:1) kechgan La Liga 23-tur o`yinining 80 daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.
Shu tariqa 32 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatida “Barselona” tarkibida o`tkazgan o`yinlari soni 400 taga etkazdi. “Barselona” tarkibida La Liga o`yinlarida eng ko`p uchrashuvni Xavi o`tkazlgan. Uning hisobida 505 ta uchrashuv mavjud.
Ma`lumot uchun, Andres Inesta 2002 yildan buyon “Barselona” safida to`p surib kelmoqda.






