“Manchester Yunayted” jamoasi sobiq xavbeki Pol Skoulzning “qizil iblislar”ga “Atletiko” jamoasining fransiyalik hujumchisi Antuan Grizmanni sotib olishni maslahat berdi.
“Manchester Yunayted”da doim bosim bo`ladi. Sababi jamoa o`z oldiga APL chempioni va EChL g`olibi bo`lish vazifasi qo`yiladi. Grizmanni sotib olinsa, u klub muvaffaqiyatiga o`z hissasini qo`shishi mumkin.
Hozir “MYu”ning yosh futbolchilari xalqaro maydonida ko`ngildagidek o`yin ko`rsata olmayapti, fransiyalik futbolchi esa qisqa vaqt ichida katta tajribaga ega bo`ldi”, – deydi Skoulz.
Eslatib o`tamiz, bir muddat avval “Manchester Yunayted” Fransiya terma jamoasi hujumchisiga qiziqish bildirgandi.






