AsosiyDunyo

​Gollivud aktyori Kianu Rivz hech qachon oila qurmasligini ma`lum qildi

'​Gollivud aktyori Kianu Rivz hech qachon oila qurmasligini ma`lum qildi'ning rasmi

52 yoshli Gollivud aktyori Kiinu Rivz Britaniyada chop etiladigan nashrlardan biriga ochiq intervyu berdi. Mazkur intervyuda u hech qachon oila qurmasligini ma`lum qildi.

“Matrisa” filmi yulduzi o`zini oila qurish uchun o`ta keksa deb hisoblaydi.

Rivzning shaxsiy hayoti fojiali tarzda kechgan. 1990 yillar oxirida u qizi va sevgilisidan ayrilgan.

“Yoshim 52 da. Men bu yoshda farzand ko`rishni istamayman. Juda kech deb o`ylayman”,—deb javob bergan aktyor qachon oila qurishi haqidagi savolga.

Ma`lumot uchun, Kianu Rivz hech qachon oila qurmagan. 1999 yilda Kianuning sevgilisi Jennifer Saym unga qiz farzand hadya etadi. Baxtga qarshi, chaqaloq o`lik tug`ilgan edi.

2001 yilda Saymning o`zi ham avtohalokatda vafot etadi.

Boshqa yangiliklar