AsosiyJamiyat

​O`zbekistonda ilk bor milliy komikslar tanlovi e`lon qilindi

'​O`zbekistonda ilk bor milliy komikslar tanlovi e`lon qilindi'ning rasmi

Ijodkorlarni milliy komikslar yaratish ustida ishlashga jalb etish, aholi, xususan o`quvchi yoshlarning ma`naviy-ma`rifiy va madaniy saviyasini oshirish, milliy an`analarni saqlash, o`sib kelayotgan avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida turkum milliy komikslar yaratish uchun ssenariylar Tanlovi e`lon qilindi.

“Dono nashriyoti” hamda “Dono Productions” kinokompaniyasi tomonidan e`lon qilingan mazkur tanlov “Bilimdon”, “Dono Word”, “Znayka”, “Excellent” bolalar jurnallarida turkum milliy komikslar yaratishni ko`zda tutadi.

Tanlovda professional ssenaristlar, yozuvchi-dramaturglar, rassomlar, jurnalistlar, yosh ijodkorlar, shuningdek ushbu mavzuda qiziqarli g`oyalar, fikrlar, takliflar bera oladigan hamyurtlarimiz ishtirok etishlari mumkin.

Ssenariylar o`zbek va rus tilida qabul qilinadi. Taqdim etilgan asarlar faqat bolalar uchun yozilgan, dunyo OAVlari hamda kitoblarda avval e`lon qilinmagan yoki chop etilmagan bo`lishi kerak.


Tanlovning umumiy mukofot jamg`armasi 20 000 000 (yigirma million) so`m.


Ssenariylar 2017 yilning 15 fevralidan 15 apreliga qadar quyidagi manzilga yuborilishi kerak:

100 003, Toshkent shahri O`zbekiston shoh ko`chasi 55-uy (“Dono nashriyoti” MChJga milliy komikslar tanlovi uchun deb yozilishi kerak).

Elektron variantda yubormoqchi bo`lganlar uchun info@dono.uz, info@donoproductions.uz. Murojaat uchun telefon: 239-83-83.

Tanlov natijalari 3 may – Jahon matbuot erkinligi kuni e`lon qilinadi.

    Boshqa yangiliklar