O`zbekiston Futbol Federasiyasi hamda Osiyo Futbol Konfederasiyasi hamkorligida 20–25 fevral kunlari Toshkent shahrida darvozabon murabbiylari uchun OFKning Level 1 o`quv-kurslari o`tkaziladi.
O`FF matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, o`quv-kurslar poytaxdagi “Ramada” mehmonxonasida bo`lib o`tadi. Eronlik OFK istruktori Jalol Basharzad Maxbubi o`quv-kurslarni olib boradi. Unga O`FF texnik direktori hamda Bolalar, o`smirlar va ommaviy futbolni rivojlantirish boshqarmasi boshlig`i Shavkat Imomov assistentlik qiladi.
Ushbu tadbirda qatnashish uchun ishtirokchilar eng kamida “C” lisenziyasiga ega bo`lishi va ayni paytda ish faoliyatini davom ettirayotgan bo`lishi kerak.
Level 1 sertifikatini qo`lga kiritgan darvozabon murabbiylari keyinchalik Level 2 va Level 3 darajalari uchun o`qishni davom ettirish huquqiga ega bo`ladi.






