Pokistonning Sehvan-Sharif shahrida joylashgan Lala Shahboz Qalandar maqbarasida sodir etilgan portlash oqibatida 75 kishi halok bo`ldi, 100 dan ortiq odam yaralandi, deb xabar berdi “Russian.rt.com” nashri.
Portlash 16 fevral kuni, kechki namoz vaqtida yuz berdi. Bu vaqtda maqbaraning ichida yuzdan ortiq odam bor edi. Portlashni “Islom davlati” terrorchilik guruhi amalga oshirganini tan oldi.






