AsosiyJamiyat

​Buxoroda qurol bilan hazillashish oqibatida bir kishi vafot etdi

'​Buxoroda qurol bilan hazillashish oqibatida bir kishi vafot etdi'ning rasmi

Buxoro viloyati, Jondor tumani, Zarafshon QFY Tobogar qishlog`ida yashovchi, ishlamaydigan, 1996 yilda tug`ilgan fuqaro Sh. birga yashovchi otasiga tegishli va IIB ro`yxatida bo`lgan “TOZ-34” rusumli, 4356-raqamli ov qurolini ruxsatsiz ov qilish qilish maqsadida uyidan olib chiqib, shu qishloqda yashagan qarindoshi, o`zining “Matiz” rusumli avtomashinasida kelgan vaqtida u bilan hazillashib uni otib qo`ygan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, fuqaro S. olgan tan jarohatidan voqea joyida vafot etgan. Fuqaro Sh. esa ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan prokuratura organi tomonidan fuqaro Sh.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirgi vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar