Osiyo futbol konfederasiyasi OChL–2017 musobaqasi “S” guruhi 2-turidan o`rin olgan Toshkentning “Bunyodkor” hamda BAAning “Al-Ayn” jamoalari o`rasidagi uchrashuvga rasmiylarni tayinladi.
Uchrashuv bosh hakami etib avstraliyalik Jarred Jillett tayinlandi. Unga qanotlarda avstraliyalik Eshli Bicham va bahraynlik Yosir Halil Ibrohim Abdulla Tulefat yordam beradi. To`rtinchi hakam vazifasi Umar Ibrohim Hasan Mahfudga yuklatildi.
Uchrashuv komissari sifatida maldivlik Abdul G`afur Abdul Hamid ishlaydi. Hakamlar nazoratchisi – Ismoil Safiri (Eron).
“Bunyodkor” – “Al-Ayn” uchrashuvi 28 fevral kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tadi. O`yin 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.






