AsosiySport

Polisiya Maradona va uning qallig`ini so`roq qildi

'Polisiya Maradona va uning qallig`ini so`roq qildi'ning rasmi

“Napoli” klubi va Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi Diego Maradona EChL nimchorak final ilk o`yinidan o`rin olgan “Real” – “Napoli” uchrashuvini kuzatish uchun Ispaniyaga tashrif buyurdi.

AS nashrining xabar berishicha, Maradona yashayotgan Madrid mehmonxonasi direktori qonun himoyachilarini chaqirgan. Uning aytishicha, Maradona ayolga nisbatan agressiv munosabatda bo`lgan. Diegoni so`roq qilishdi, ayol esa ariza yozmadi. Hozircha polisiya mehmonxonani tark etgani yo`q.

Eslatib o`tamiz, “Real Madrid” va “Napoli” o`rtasidagi o`yin bugun tunda 00:45 da start oladi. O`yin Madrid shahridagi “Santyago Bernabeu” stadionida bo`lib o`tadi.

Boshqa yangiliklar