AsosiyJamiyat

​Andijonda qoramol o`g`rilari qo`lga olindi

'​Andijonda qoramol o`g`rilari qo`lga olindi'ning rasmi

Andijon viloyati Bo`z tumani IIBga noma`lum shaxslar shu tumanda yashovchi fuqaroning uyiga devor oshib tushib, hovlisidagi molxonasidan ikki bosh qoramolini o`g`irlab ketishgani haqida xabar kelib tushgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Voqea joyiga chiqqan ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi hamda voqeaga guvoh bo`lgan kishilar bilan tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, gumonlanuvchi shaxslarning alohida belgilari aniqlandi. Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 1992 yilda tug`ilgan va 1990 yilda tug`ilgan shaxslar sodir etganligi aniqlandi va qo`lga olindilar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar