Dunyo sanoati rivojlanishi bevosita yoki bilvosita tropik o`rmonlarning kamayib ketishiga sabab bo`lmoqda, deb yozadi “AdMe.ru”. Kesilgan daraxtlar yog`ochdan ishlangan jihozlar yasashda qo`llaniladi. O`rmonlar yo`qolib ketayotganligi ayniqsa Argentina, Boliviya, Braziliya, Indoneziya, Malayziya, Papua-Yangi Gvineyada yaqqol ko`zga tashlanmoqda. Bu mamlakatlar xaritasiga nazar tashlar ekanmiz avvallari yam-yashilligi bilan ko`zni quvontirgan o`rmonlar bir necha kilometrga cho`zilgan yalanglikka aylanganini ko`rish mumkin.
Norvegiya hukumati daraxt kesish bilan bog`liq bo`lgan mahsulotlarni sotib olmaydi va tropik o`rmonlarni yo`q qilish evaziga ishlayotgan kompaniyalar bilan shartnoma imzolamaydi.
Norvegiya aslida bir necha yildan buyon daraxtlarni kesish bilan tijorat qilayotgan kompaniyalar bilan hamkorlik qilmayotgan edi. Biroq bu rasmiy ravishda qonunan tasdiqlanmagan harakat edi. Norvegiya ularni ishlab chiqarish uchun tropik o`rmonlar yo`q qilinayotgan mahsulotlardan voz kechuvchi dunyodagi birinchi mamlakat bo`ladi. Endilikda mamalakat butun sayyoradagi tropik o`rmonlarni asrab qolish uchun davlat xarid qilayotgan mahsulotlarga qat`iy talab qo`yadi.
Norvegiya fondi boshqa davlatlarni, xususan Germaniya va Buyuk Britanyani ham daraxtlar kesilishiga qarshi kurashishga chaqirdi.






