AsosiyDunyo

​Ayolga o`xshab kiyingan lo`li yigit firibgarlik yo`li bilan do`konni o`mardi

'​Ayolga o`xshab kiyingan  lo`li yigit firibgarlik yo`li bilan do`konni o`mardi'ning rasmi

Rossiyaning Kemerovo viloyatida ayollar kiyimini kiyib, firibgarlik jinoyatini sodir etgan lo`li yigit qo`lga olindi, deb xabar berdi “Ntv.ru” nashri.

Lo`li yigit qo`lga olinganda hali “ayol obrazi”da edi.

Kemerovo viloyat IIVning bergan ma`lumotiga ko`ra, Polisaevo shahridagi oziq-ovqat do`konlaridan birida sotuvchi bo`lib ishlovchi ayol polisiyaga ariza bilan murojaat etib, kechqurun do`konga kirgan lo`li ayol uni aldab, savdodan tushgan pullarni va katta miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlarini firibgarlik yo`li bilan olib ketganligini ma`lum qildi.

Do`kon yopilishidan oldin, kechki payt sotuvchining oldiga lo`li ayol kelib, o`zini Rita deb tanishtirgan. U sotuvchi ayolga savdo markaziga kuchli ilmu-amal qilinganini, agar xohlasa unga yordam berishi mumkinligini ma`lum qilgan. Uning gaplaridan qo`rqib ketgan sotuvchi lo`li ayolni ilmu-amaldan xalos qilishi uchun qo`shni xonaga boshlagan. Lo`li ayol o`qib qaytarib berish sharti bilan savdodan tushgan pullarni berishni so`ragan. Sotuvchi savdodan tushgan hamma pullarni va minnatdorchilik sifatida katta miqdordagi oziq-ovqatlarni unga berib yuborgan. Lo`li ayol bir necha kundan keyin pullarni o`qib, qaytarib berishini aytib, juftakni rostlagan. Ertasi kuni hushi joyiga kelgan sotuvchi aldanganini tushunib, polisiyaga murojaat qilgan.

Polisiyachilar kuzatuv kamerasining videoyozuvlarini ko`rib, lo`li ayol aslida 26 yoshli, aniq yashash joyiga ega bo`lmagan, ilgari ham ayollar kiyimida turli firibgarlik jinoyatlarini amalga oshirib, qamalib chiqqan jinoyatchi ekanligini aniqladi. Ayni paytda u “ayol obrazi”da qo`lga olindi va unga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. U besh yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Boshqa yangiliklar