Transfer huquqi “Arsenal”ga tegishli bo`lgan, “Bornmut” jamoasida ijara asosida to`p surayotgan Jek Uilshir “Manchester Siti”ga qarshi kechgan (0:2) o`yinida jarohat oldi.
Uilshir birinchi bo`lim yakunida zaxiraga olindi. Tibbiy ko`rikdan so`ng uning to`pig`i shikastlangani ma`lum bo`ldi. Jarohatning jiddiyligi va tiklanish muddati yana bir tibbiy tekshiruvdan so`ng ma`lum qilinadi.
Uilsher “Arsenal” safida ham tez-tez jarohat olishi va etarlicha o`yin amaliyotiga ega bo`lmagani uchun ijaraga berilgandi. Joriy mavsumda angliyalik yarim himoyachi 21 o`yinda atigi 2 ta golli pas berdi.






