AsosiyJamiyat

​O`zbekistonda yangi sport federasiyasi tashkil etildi

'​O`zbekistonda yangi sport federasiyasi tashkil etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yangi sport federasiyasini ro`yxatdan o`tkazdi.

O`zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi 2017 yil 10 fevral kuni davlat ro`yxatidan o`tkazildi.

O`zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu tashkilotning asosiy maqsadi zamonaviy beshkurash sportchilarining mahorat darajasini xalqaro darajaga ko`tarish va ushbu sportchilarga qo`shimcha bilim berish orqali ularning sportga bo`lgan qiziqishlarini oshirish hisoblanadi.

Shuningdek, tashkilot vazifalariga xalqaro sport maydonida mamlakat sharafini munosib himoya qilishga qodir bo`lgan O`zbekiston terma jamoalari uchun belgilangan tartibda tayyorgarlik jarayonlarini tashkil etishning eng yangi usullarini qo`llagan holda sport zaxirasi va yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash hamda boshqa vazifalar kiradi.

O`zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi ta`sischilar umumiy yig`ilishida uning prezidenti etib Fazliev Farrux Faxriddinovich saylandi.

Boshqa yangiliklar