AsosiyDunyo

​Belgorodda onasini garovga olgan erkak qo`lga olindi

'​Belgorodda onasini garovga olgan erkak qo`lga olindi'ning rasmi

Polisiya va Rosgvardiya xodimlari Rossiyaning Belgorod viloyatidagi Gubkina shahrida yashovchi, onasini garovga olgan erkakni qo`lga oldi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Ma`lumotlarga ko`ra, erkak onasi va buvisini garovga olgan. Rosgvardiya xodimlarining hujumidan hech kim jabrlanmagan, jinoyatchi polisiyaning markaziy bo`limiga olib kelingan. Jinoyatchi bilan muzokara olib borgan xodim uydan chiqqandan keyin maxsus xizmat xodimlari hujumni boshlagan va jinoyatchini qurolsizlantirib, qo`lga olgan. Tadbir davomida qurol ishlatilmagan.

    Boshqa yangiliklar