O`zbekistonlik fitnes-instruktor Radik Xubbiev OFK tomonidan 7–10 fevral kunlari Malayziya poytaxti – Kuala-Lumpur shahrida o`tkazilgan seminarda ishtirok etdi.
OFK hakamlar departamenti va sport tibbiyoti masalalari departamenti tomonidan tashkil etilgan mazkur seminarda OFKning turli milliy assosiasiyalaridan 10 nafar oliy toifali vakillari ishtirok etdi.
Seminarni o`tkazishdan asosiy maqsad – ishtirokchilarning fitnes-tayyorgarlik va hakamlarni baholash bo`yicha bilimlarini so`nggi texnik ma`lumotlar etkazish va o`tkazilgan tadqiqotlar natijasi bilan tanishtirish orqali oshirishdan iborat edi.
Qayd etish joiz, seminarga tashrif buyurgan ma`ruzachilardan biri – Italiya futbol hakamlari assosiasiyasi fitnes-tayyorgarlik va tadqiqotlar departamenti boshlig`i doktor Karlo Kastanya bo`ldi. U seminar ishtirokchilariga hakamlarning jismoniy holatiga talablar, mashg`ulotlar yuki nazorati va jarohatlarni profilaktika qilish masalalari bo`yicha ma`lumot berdi.






