Ispaniya chempionati 22-turida “Atletiko Madrid” jamoasi o`z maydonida “Selta” futbolchilari bilan o`zaro bahs olib bordi.
Qiziqarli va gollarga boy kechgan o`yinda madridliklar 3:2 hisobida zafar quchishdi. O`yin davomida Diego Simeone jamoasi ikki marta ortda qolayotgan edi, ammo yakunda ular g`alabani tantana qildi.

Yana bir o`yinda “Sevilya” safarda “Las-Palmas” bilan kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda Korreaning yagona goli andalusiyaliklar g`alabasini ta`minladi.
Atletiko – Selta 3:2 (1:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 5 Kabral, 1:1 – 11 Torres, 1:2 – 78 Gvidetti, 2:2 – 86 Ferreyra Karrasko, 3:2 – 88 Grizmann.
Atletiko – Moyya, Xuanfran (Vrsalko, 46), Savich, Lyuka Ernandes, Filipe Luis, Koke, Gabi, Saul (Korrea, 72), Ferreyra Karrasko, Torres (Gameyro, 76), Grizmann.
Selta – Alvares, Malo, Kabral, Ronkalya, Kastro, Xosabed (Vass, 64), Radoya, Ernandes, Aspas (Dias, 85), Gvidetti, Sisto (Bongonda, 70).
Ogohlantirishlar: Gvidetti (42), Kastro (74), Gabi (90).
Las-Palmas – Sevilya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 80 Korrea.
Las-Palmas – Varas, Simon, Lemos, Artiles, Kastelyano (Garsiya, 90), Montoro (Livaya, 81), Xalilovich (Dominges, 81), Mesa, Viera, Xese, Boateng.
Sevilya – Riko, Mariano, Merkado, Langle, Sarabiya, Nzonzi (Iborra, 68), Kranevitter, Vaskes (Yovetich, 77), Nasri, Vitolo, Ben-Yedder (Korrea, 77).
Ogohlantirishlar: Kranevitter (17), Sarabiya (28), Iborra (77), Korrea (80), Lemos (84), Mesa (87).






