AsosiySport

O`zbekiston terma jamoasining Turkiyadagi yig`ini yakuniga etdi

'O`zbekiston terma jamoasining Turkiyadagi yig`ini yakuniga etdi 'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi Turkiyaning Antaliya shahridagi qisqa muddatli o`quv-mashg`ulotlar yig`inini yakunladi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

Terma jamoa yig`in doirasida ikkita o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazdi. 10 fevral kuni Samvel Babayan shogirdlari Rossiya Premer-ligasi vakili “Amkar” klubi bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida g`alaba qozondi.

11 fevral kuni esa O`zbekiston termasi Armanistonning “Alashkert” klubiga qarshi maydonga tushib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu o`yinda terma jamoa bosh murabbiyi asosan yoshlarni sinovdan o`tkazdi.

Qayd etish joiz, oilaviy sabablarga ko`ra Ignatiy Nesterov Toshkentga qaytishga majbur bo`ldi. “Alashkert” bilan o`yinda esa “Metallurg” posboni Suhrob Sultonov terma jamoa darvozasini qo`riqladi.

Mazkur yig`in O`zbekiston terma jamoasi uchun JCh–2018 turniriga saralash bosqichi ikkinchi davrasi oldidan tayyorgarlik vazifasini o`tab berdi. Bundan avval terma jamoa 21–24 yanvar kunlari BAAda yig`in o`tkazgan edi.

Eslatib o`tamiz, JCh–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin O`zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan uchinchi o`rinda bormoqda. Eron 11 ochko bilan birinchi, Janubiy Koreya esa 10 ochko bilan ikkinchi pog`onada bormoqda.

Boshqa yangiliklar