Qizg`in ijod jarayonida davom etayotgan xushovoz xonanda Otabek Muhammadzohid 2001-2002 yillarda xit bo`lgan “Ajabo”, “Sani sevdim” taronalarini yangi yo`nalishda, musiqiy sayqal berib kuyladi.
San`atkorimizning aytishicha, ushbu taronalar o`z vaqtida xalqimizga manzur bo`lgan va zamonaviy uslubda ijro etilishini ham muxlislarimizning talablariga binoan amalga oshirgan.






