“Tottenxem” jamoasi yarim himoyachisi Dele Alli 2017 yilning ilk oyida eng yaxshi futbolchi deb topildi. Bu haqda BBC Sport xabar bermoqda.
Angliyalik futbolchi yanvar oyida 5 ta o`yin o`tkazib, 5 ta urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Alli mazkur sovringa da`vogar Sheymus Koulman (“Everton”), Xarri Keyn (“Tottenxem”), Aleksis Sanches (“Arsenal”) va Gilfi Sigurdssonni (“Suonsi”) ortda qoldirdi.

Avvalgi oylar g`oliblari:
Avgust – Raxim Sterling (“Manchester Sti”)
Sentyabr – Son Xyon Min (“Tottenxem”)
Oktyabr - Eden Azar (“Chelsi”)
Noyabr – Diego Kosta (“Chelsi”)
Dekabr – Zlatan Ibragimovich (“Manchester Yunayted”)
Shuningdek, APLning o`tgan oydagi eng yaxshi murabbiyi deb “Suonsi” ustozi Pol Klement deb topildi. Uning qo`li ostida jamoa 4 ta o`yinda 3 ta g`alaba va 1 ta mag`lubiyat qayd etdi.







