AsosiySport

OChL–2017. “Al-Ahli” – “Bunyodkor” uchrashuvini Ryuji Sato boshqarib boradi

'OChL–2017. “Al-Ahli” – “Bunyodkor” uchrashuvini Ryuji Sato  boshqarib boradi 'ning rasmi

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri “S” guruhi 1-turidan o`rin olgan “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) – “Bunyodkor” (O`zbekiston) o`rtasidagi uchrashuvni yaponiyalik FIFA referisi Ryuji Sato boshqarib boradi.

Unga qanotlarda hamyurtlari Toru Sagara hamda Xiroshi Yamauchi yordam beradi. Zaxira hakami sifatida yana bir yaponiyalik referi – Araki Yusuke ishlaydi.

Uchrashuv komissari etib xitoylik Xuang Song tayinlandi. Hakamlar nazoratchisi vazifasini iordaniyalik Ismoil Adnan Ismoil Alhafi bajaradi.

“Al-Ahli” – “Bunyodkor” uchrashuvi 21 fevral kuni Saudiya Arabistonining Jedda shahrida bo`lib o`tadi. O`yin mahalliy vaqt bilan 20:15 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Boshqa yangiliklar