Madridning “Real” jamoasi prezidenti Florentino Peres “Barselona” va “Alaves” o`rtasida bo`lib o`tadigan Ispaniya Kubogi finalini “Santyago Bernabeu” stadionida bo`lib o`tishiga qarshi chiqdi.
“Ispaniya Kubogi finali bizning maydonda bo`lib o`tmaydi. O`sha kuni stadionda rekonstruksiya ishlari bo`ladi”, – deydi Florentino Peres.
Ko`pchilikning taxmin qilishicha, Peres “Barselona” “Real”ning azaliy raqibi bo`lgani va katta ehtimol bilan finalda g`olib chiqishini inobatga olib, kataloniyaliklarning “Real” maydonida muvaffaqiyatini nishonlashini ko`rgisi kelmayapti.
Ma`lumot o`rnida, “Barselona” va “Alaves” o`rtasidagi Ispaniya Kubogi finali 27 may kunga belgilangan.






