AsosiySport

Edgar Gess “Dinamo” bosh murabbiyi etib tayinlandi

'Edgar Gess “Dinamo” bosh murabbiyi etib tayinlandi'ning rasmi

2016 yilgi mavsum natijasiga ko`ra Oliy Ligaga qaytgan Samarqandning “Dinamo” jamoasi murabbiylari shtabida o`zgarish yuz berdi. Bu haqda "Dinamo" matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Dinamo”ni Oliy Ligaga qaytargan jamoa bosh menejeri Ilhom Sharipov salomatligini tiklash maqsadida hamda bosh menejer sifatida shartnomasi yakunlangani sababli jamoaga bosh murabbiy etib tajribali mutaxassis Edgar Gess tayinlandi. Ilhom Sharipov sog`lig`ini tiklash bilan birga klub rahbariyatidagi faoliyatini davom ettiradi. Uchqun Qobilov va Rafael Balasanyan yangi bosh murabbiyga yordam beradi.

Ma`lumot uchun, Edgar Yakovlevich Gess 1954 yil, 14 mart kuni tavallud topgan. Murabiylik faoliyati davomida “Paxtakor” (1986), “Zarafshon” (1987–1988), “Mittelbiberax” (Germaniya, 1991–1995 va 1997–1999), “Turkspor”” (Germaniya, 1999–2003), “Olmaota” (Qozog`iston, 2004), “Alaniya” (Rossiya, 2005), “Vetra” (Litva, 2006), “Andijon” (2006–2007), “Nasaf” (2008), “Sho`rtan” (2009–2011 va 2012–2013), “Buxoro” (2013–2014), “Andijon” (2014–2015) klublarida ishlagan.

Boshqa yangiliklar