O`zbekistonlik FIFA referisi Aziz Asimov OFK Kubogi–2017 turniri Junabiy mintaqasi pley-off bosqichidan o`rin olgan “Valensiya” (Maldiv) – “Mohun Bagan” (Hindiston) uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi.
O`FF matbuot xizmatining xabar berishicha, Aziz Asimovga qanotlarda Ma`mur Saidqosimov va Husniddin Shodmonov yordam beradi. To`rtinchi hakam vazifasini o`zbekistonlik Dmitriy Pislegin bajaradi.
Uchrashuv komissari etib filippinlik David Duayt Baldoza Penano tayinlandi. Hakamlar nazoratchisi sifatida avstraliyalik Anaz Hakan ishlaydi.
“Valensiya” va “Mohun Bagan” o`rtasidagi uchrashuvi 21 fevral kuni Maldiv poytaxti Male shahrida bo`lib o`tadi.






