Sanjar Tursunov to`p surayotgan “Al-Haraytiyat” o`z maydonida Temurxo`ja Abduxoliqov va Sanjar Shoahmedov jamoasi – “Al-Sayliya”ni 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.
O`FF matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Sanjar Tursunov “Al-Haraytiyat” safida, Temurxo`ja Abduxoliqov “Al-Sayliya” safida 90 daqiqa harakat qildi. Sanjar Shoahmedov 59-daqiqada zaxiraga olindi.

Mazkur uchrashuvdan so`ng “Al-Sayliya” 20 ochko bilan 9-o`rinda qolib ketdi. “Al-Haraytiyat” 19 ochko bilan 11-o`rinda qoldi.






