AsosiySport

FIFA reytingi: O`zbekiston terma jamoasi 63-o`rinda qayd etildi

'FIFA reytingi: O`zbekiston terma jamoasi 63-o`rinda qayd etildi'ning rasmi

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) terma jamoalarning yangilangan reytingini e`lon qildi. O`zbekiston milliy terma jamoasi 554 ochko bilan 63-o`rinda qayd etildi, deya xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati.

Terma jamoa avvalgi ko`rsatkichga nisbatan 2 pog`ona pastladi. O`zbekiston OFKga a`zo terma jamoalar orasida 6-o`rinda qoldi. Eron 798 ochko bilan Osiyo mamlakatlari orasida peshqadamlikni saqlab qolgan. Janubiy Koreya 691 ochko bilan qit`ada 2-pog`onani egallagan bo`lsa, kuchli uchlikdan Yaponiya (629 ochko) joy oldi.

Eron – 32-o`rin;

Janubiy Koreya – 39-o`rin;

Yaponiya – 52-o`rin;

Avstraliya – 54-o`rin;

Saudiya Arabistoni – 56-o`rin;

O`zbekiston – 63-o`rin;

BAA– 68-o`rin.

JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichida O`zbekiston bilan bir guruhdan o`rin olgan Qatar o`z o`rnini saqlab qoldi. Xitoy 5 pog`ona pastlagan bo`lsa, Suriya terma jamoasi 3 o`ringa ko`tarildi.

Qatar — 85-o`rin;

Xitoy — 86-o`rin;

Suriya — 93-o`rin.

FIFA reytingida hamon Argentina (1635 ochko) etakchilik qilmoqda. Ikkinchi o`rinni Braziliya (1529 ochko) egallab turgan bo`lsa, uchinchi o`rindan Germaniya (1433 ochko) joy olgan. Jadvalda 4–10-o`rinlarni mos ravishda Chili, Belgiya, Fransiya, Kolumbiya, Portugaliya, Urugvay va Ispaniya terma jamoalari egallagan.

Boshqa yangiliklar