AsosiyDunyo

​Tramp o`tirgan avialaynerga boshqa samolyotning urilib ketishiga bir bahya qoldi

'​Tramp o`tirgan avialaynerga boshqa samolyotning urilib ketishiga bir bahya qoldi'ning rasmi

AQShda mamlakat prezidenti Donald Tramp o`tirgan avialaynerga boshqa samolyotning urilib ketish xavfi tug`ilgani yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Voqea 3 fevral, juma kuni Florida osmonida ro`y berdi. Donald Tramp o`sha kuni dam olish uchun Vashingtondan Mara-Largo qarorgohiga yo`l olgan edi. Manbaning xabar berishicha, samolyotlar orasidagi masofa kamida uch dengiz mili atrofida bo`lishi kerak edi. Boshqa bir manbaning ma`lumot berishicha, o`sha paytda samolyotlar bir-biri bilan “vizual aloqada” bo`lgan. Hukumat vakillari samolyotlar orasida “masofaning yo`qolishi”ga nima sabab bo`lganligini aniqlash maqsadida uchuvchilar va dispetcherlarni so`roq qildi. Aynan qaysi avialayner, qancha masofada Trampning samolyotiga yaqinlashgani haqidagi ma`lumotlar oshkor etilmadi.

    Boshqa yangiliklar