“Real Madrid” va “Barselona” jamoasi “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Timoti Tilmanga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Marca nashriga asoslanib, Championat.com xabar bermoqda.
18 yoshli futbolchining agenti Kristian Ryosserning aytishicha, kataloniyaliklar uning mijozi borasida bog`langan. Bundan tashqari madridliklar ham yosh iqtidorga qiziqayotgani tasdiqlandi.
Tilman joriy mavsumda Bundesliganing bironta ham o`yinida maydonga tushmadi. Uning myunxenliklar bilan amaldagi kelishuvi 2018 yilning yozigacha mo`ljallangan.






