Italiya chempionati 23-turida “Roma” jamoasi “Fiorentina” futbolchilari bilan o`z maydonida kurash olib bordi. Ushbu o`yinda rimliklar 4:0 hisobidagi yirik g`alabani qo`lga kiritishdi.
Edin Jeko 38 va 83-daqiqalardagi gollari evaziga dubl qayd etdi. Fasio va Kevin Strootman esa “Roma”ning yirik g`alabasiga o`z hissasini qo`shishdi. Navbatdagi muvaffaqiyatdan keyin rimliklar turnir jadvalida ikkinchi o`ringa qaytishdi.
Roma – Fiorentina 4:0
Gollar: Jeko, 39, 83, Fasio, 58, Strootman, 75
Roma: Shchesni – Manolas, Fasio, Ryudiger – Peres, De Rossi (Paredes, 85), Strootman, Emerson – Nainggolan (Grene, 89), El Shaaravi (Totti, 80) – Djeko
Fiorentina: Teterushanu – Sanches, Rodriges, Astori – Keza (Kristoforo, 78), Vesino, Badel, Olivera (Ilichich, 63) – Borxa Valero, Bernardeski – Babakar
Ogohlantirishlar: Strootman, De Rossi – Sanches, Valero, Rodriges






