AsosiySport

OChL–2017. “Bunyodkor” “Al-Jaish”ni mag`lub etib, guruh bosqichiga yo`l oldi

'OChL–2017. “Bunyodkor” “Al-Jaish”ni mag`lub etib, guruh bosqichiga yo`l oldi'ning rasmi

Osiyo Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi safarda Qatarning “Al-Jaish” klubiga qarshi kurash olib bordi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qo`shimcha taymlarda ham nursiz durang saqlanib qoldi. Shundan keyin jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat qildi. Unda “Bunyodkor” 3:1 hisobida ustun keldi va musobaqaning guruh bosqichiga yo`l oldi.

Shunday qilib , “Bunyodkor” jamoasi “C” guruhida “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) “Zob Ohan” (Eron) va “Al-Ayn” (BAA) klublariga ro`baro keladi.

OChL–2017. Pley-off bosqichi

“Al-Jaish” (Qatar) – “Bunyodkor” (O`zbekiston) 0:0

Penaltilar seriyasi: 1:3

“Al-Jaish”: Ababakar, Mendes (Al Hoshimi, 90), Isa, Mufta, Sardor Rashidov, Metnani, Traore (Al Jabri, 46), Abdulrab, Siddiq, Seydu Keyta, Romarino.

“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Dushan Michich, Javlon Ibrohimov, Shahzodbek Nurmatov (Javohir Esonqulov, 66), Eldor Shomurodov, Dostonbek Hamdamov, Nurillo To`xtasinov, Dilshod Ahmadaliev, Otabek Shukurov.

Boshqa yangiliklar