AsosiySport

OChL. Odil Ahmedov va «Shanxay SIPG» guruh bosqichiga yo`l oldi

'OChL. Odil Ahmedov va «Shanxay SIPG» guruh bosqichiga yo`l oldi'ning rasmi

Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichida O`zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov to`p surayotgan “Shanxay SIPG” jamoasi Tailandning “Sukxotai” klubiga qarshi bahs olib bordi.

Mazkur uchrashuvda shanxayliklar 3:0 hisobida zafar quchdi. Gollarga Oskar va Elkeson mualliflik qildi. Yana bitta golni Tupxunod o`z darvozasiga yo`lladi. Qayd etish kerakki, “Shanxay SIPG”ning birinchi goliga Odil Ahmedov hammualliflik qildi.

“Shanxay SIPG” OChL guruh bo`sqichining “F” guruhida ishtirok etadigan bo`ldi. Ushbu guruhda “Seul” (J.Koreya), “Urava Red Daymonds” (Yaponiya) va “Vestern Sidney Uonders” (Avstraliya) jamoalari bor.

“Shanxay SIPG” – “Sukxotai” 3:0

Gollar: Oskar 34, Elkeson 41, Tupxunod 58 (avtogol)

Boshqa yangiliklar