AsosiyDunyo

​Cepkili tufayli tahqirlangan qiz modelga aylandi

'​Cepkili tufayli tahqirlangan qiz modelga aylandi'ning rasmi

AQShning Kaliforniya shtatidagi Los-Anjeles shahrida yashovchi, sepkili tufayli barchaning kulgisiga qolgan qiz modellik agentligi bilan shartnoma tuzdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

18 yoshli Salem Mitchell (Salem Mitchell)ning so`zlariga qaraganda, u yuzidagi sepkili tufayli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining kulgisiga qolgan. “Odamlar meni bananga, gepardga o`xshatar yoki teri kasalligiga chalingan qiz, deb hisoblardi”, — dedi Salem.


Ammo qizning g`alati tashqi qiyofasi fotosuratchilarni qiziqtirib qoldi va uni s`yomkalarga chaqira boshlashdi. Ford Models LA model agentligi esa u bilan shartnoma tuzib, ishga taklif etdi. Qizda Vogue, Gucci, Missguided va amerikalik qo`shiqchi Beyonsening brendlarida ishtirok etish imkoniyati paydo bo`ldi. Qizning Instagram sahifasiga 68,7 ming odam a`zo bo`lgan.

Boshqa yangiliklar