AsosiySport

Ro`ziqul Berdiev: Raqibimizni o`rganishda, chempionatdagi o`rniga e`tibor qaratmadik

'Ro`ziqul Berdiev: Raqibimizni o`rganishda, chempionatdagi o`rniga e`tibor qaratmadik 'ning rasmi

OChL-2017 turniri pley-off bosqichidan o`rin olgan “Al-Fath” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan bo`lib o`tgan matbuot anjumanining ikkinchi qismi bo`lib o`tdi. Unda qarshiliklar bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdiev hamda hujumchi Dragan Cheran ishtirok etishdi.

-Avvalo assalomu alaykum. Ertangi o`yin biz uchun murakkab o`yin. Ertaga biz Saudiya Arabistonining kuchli jamoalaridan biri bilan bahs yuritamiz. Bizlarning asosiy maqsadimiz keyingi bosqichga chiqish, buning uchun bo`lajak o`yinga futbolchilarimizni astoydil tayyorladik. Ertaga biz bor kuchimiz bilan, g`alaba uchun harakat qilamiz. “Al-Fath” jamoasining bir necha o`yinlarini ko`rib chiqdik. Jamoa kuchli tarkibga ega, futbolchilar himoyada ham, hujumda yaxshi harakat qilishadi. “Al-Fath”ga qarshi tayyorgarlikda, raqibimizning ichki chempionatdagi egallab turgan o`rniga e`tibor bermadik, chunki ertaga boshqa musobaqa uchrashuvi bo`ladi. “Al-Fath”da jamoaviy o`yin ham, o`yinchilarining individual mahorati ham yuqori. Biz bularni hammasini e`tiborga olib, futbolchilarimizga ko`rsatmalar berib borayapmiz va shu asnoda bu o`yinga tayyorgarlik ko`rdik. “Al-Hidd” bilan “Al-Fath” o`rtasida katta farq bor, biz ertaga faqat hujumni o`ylamasdan, himoyani ham esdan chiqarmasligimiz kerak. Ob-havo? To`g`risi, biz bunday qo`lay ob-havoni kutmagan edik. Hozir, bu erdagi ob-havo xuddi o`zimizni yurtimizdagidek ekan. Faqat qor yo`q ekan (kulib). To`g`ri, bizda milliy chempionatimiz hali boshlanmadi. Ammo biz bu uchrashuvlarga ko`pdan buyon tayyorgarlik ko`rib kelayapmiz, shuningdek rasmiy uchrashuvgacha bir qator kuchli raqiblar bilan o`rtoqlik uchrashuvlari ham o`tkazdik. O`ylaymanki, futbolchilarimiz etarli o`yin amaliyotiga ega. Endi albatta “Al-Fath” ichki chempionatda ketma-ket o`yinlar o`tkazib kelayapti. Ammo ertaga bo`ladigan saralash, bir o`yindan iborat. Ijobiy natija uchun, ertaga bor mahoratimiz va kuchimizni ishga solamiz, - deydi Ro`ziqul Berdiev.

-Men uchun Saudiya futboli begona emas. Avval bu mamlakat chempionatida o`ynaganman. “Al-Fath” jamoasiga ham qarshi to`p tepganman. Bu jamoada kuchli legionerlar qatori, doimo katta mahoratga ega mahalliy o`yinchilar ham bo`lgan. Ertaga biz g`alaba uchun maydonga tushamiz. Buning uchun kurashga tayyormiz,- deydi Dragan Cheran.

- See more at: http://fcnasaf.uz/index.php/news/view?v=3482#sthas...

Boshqa yangiliklar