AsosiySport

OFK Kubogi–2017. Sherzod Qosimov “Al-Jaish” – “Al-Ahli” o`yiniga bosh hakam etib tayinlandi

'OFK Kubogi–2017. Sherzod Qosimov “Al-Jaish” – “Al-Ahli” o`yiniga bosh hakam etib tayinlandi'ning rasmi

O`zbekistonlik FIFA referisi Sherzod Qosimov OFK Kubogi–2017 musobaqasi “A” guruhi 1-turidan o`rin olgan “Al-Jaish” (Suriya) – “Al-Ahli” (Iordaniya) uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi.

O`FFning ma`lum qilishicha, Sherzod Qosimovga qanotlarda Alisher Usmonov va Timur Gaynullin assistentlik qiladi. Zaxira hakami bo`lib maldivlik Muhammad Javiz ishlaydi.

Uchrashuv komissari – Davlatmand Islomov (Tojikiston). Hakamlar nazoratchisi etib Al-Saidi Kadhum Auda Lazim (Iroq) tayinlandi.

Mazkur uchrashuvda “Al-Jaish” nominal mezbon bo`lgani hamda Suriyada siyosiy vaziyat barqaror bo`lmagani uchun o`yin neytral maydon – Qatar poytaxti Doha shahridagi stadionlarda birida bo`lib o`tadi.

Boshqa yangiliklar