AsosiySport

O`zbekiston termasining Turkiyadagi yig`iniga jalb etilgan futbolchilar ro`yxati e`lon qilindi

'O`zbekiston termasining Turkiyadagi yig`iniga jalb etilgan futbolchilar ro`yxati e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko`rish maqsadida Turkiyaning Antaliya shahrida 8–12 fevral kunlari navbatdagi o`quv-mashg`ulotlar yig`inini o`tkazadi.

Mazkur yig`in doirasida O`zbekiston terma jamoasi ikkita o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi. 10 fevral kuni Samvel Babayan shogirdlari Rossiya Premer-ligasi vakili “Amkar” klubi bilan, 11 fevral kuni esa Armanistonning “Alashkert” jamoasi bilan kuch sinashadi.

O`FF matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, terma jamoa murabbiylar shtabi yig`inga jalb etilgan futbolchilar ro`yxatini e`lon qildi.

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”).

Himoyachilar: Islom To`xtaxo`jaev (“Lokomotiv”), Davron Hoshimov (“Paxtakor”), Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Bobur Yo`ldoshev (“Lokomotiv”), Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”), Akram Komilov (“Bunyodkor”), Odil Hamrobekov (“Nasaf”).

Yarim himoyachilar: Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Salamat Quttiboev (“Lokomotiv”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Ikrom Aliboev (“Lokomotiv”), Azizjon G`aniev (“Nasaf”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”).

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Paxtakor”), Shohruz Norxonov (“Obod”).

Bo`lajak yig`in FIFA kunlariga to`g`ri kelmaganligi uchun legioner futbolchilar Turkiyadagi o`quv-mashg`ulotlariga taklif etilmadi.

Eslatib o`tamiz, JCh–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin O`zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan uchinchi o`rinda bormoqda. Eron 11 ochko bilan birinchi, Janubiy Koreya esa 10 ochko bilan ikkinchi pog`onada bormoqda.

Boshqa yangiliklar