AsosiyDunyo

​Kolumbiyalik o`smir 30 kishini o`ldirganlikda gumon qilinmoqda

'​Kolumbiyalik o`smir 30 kishini o`ldirganlikda gumon qilinmoqda'ning rasmi

Kolumbiyalik o`smir yigit 30 ga yaqin kishini o`ldirganlikda gumon qilinib, qo`lga olindi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Kichkintoy Bob laqabli 17 yoshli o`smir 30 yaqin qotillikka qo`l urgan, shahar janubida joylashgan savdo markazida esa ikki marotaba qotillik jinoyatini amalga oshirgan. Uni savdo markazidagi kuzatuv videokamerasi videoga olgan.

Polisiya bergan ma`lumotga ko`ra, o`smir 12 yoshidan boshlab, qotillik bilan shug`ullangan. Tergov ma`lumotlariga ko`ra, u Kali jinoiy to`dasi tarkibida bo`lgan. Keyinchalik esa o`zi jinoiy guruhga asos solgan.

Kolumbiyada voyaga etmagan jinoyatchilar uchun eng maksimal jazo 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosidir.

    Boshqa yangiliklar