AsosiySport

OChL–2017. Valentin Kovalenko “Shanxay Shenxua” – “Brisben Roar” uchrashuvini boshqaradi

'OChL–2017. Valentin Kovalenko  “Shanxay Shenxua” – “Brisben Roar” uchrashuvini boshqaradi 'ning rasmi

O`zbekistonlik FIFA referisi Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar brigadasi Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 pley-off bosqichidan o`rin olgan “Shanxay Shenxua” – “Brisben Roar” uchrashuvini boshqarib boradi.

Mazkur bellashuvga bosh hakam etib tayinlangan Valentin Kovalenkoga qanotlarda Ruslan Serazitdinov va Andrey Sapenko yordam beradi. To`rtinchi hakam vazifasini vetnamlik Nguyen Xien Triet bajaradi.

Uchrashuv komissari – maldivlik Ahmad Shahir, hakamlar nazoratchisi esa yaponiyalik Ishiyama Noboru bo`ladi. Bahs menejeri vazifasi singapurlik Muhammad Zubirga yuklatildi.

Ma`lumot uchun, “Shanxay Shenxua” – “Brisben Roar” o`rtasidagi bellashuv 8 fevral kuni, Shanxay shahrida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar