AsosiyDunyo

​Qizg`in raqsga tushayotgan Vinni-Pux ijtimoiy tarmoqlarni zab etib, virusli memga aylandi (Video)

'​Qizg`in raqsga tushayotgan Vinni-Pux ijtimoiy tarmoqlarni zab etib, virusli memga aylandi (Video)'ning rasmi

Disney qahramonlaridan biri bo`lgan ayiqcha Vinni-Puxning reper Pitbull ning Hotel Room Service qo`shig`iga tushgan raqsi ijtimoiy tarmoqlarni zabt etib, virusli memga aylandi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Twitter da multfilm qahramoni bo`lgan ayiqchaning bir qancha videoroliklari paydo bo`ldi.

Raqsga tushayotgan Vinni-Pux aks etgan har bir videorolikni o`ng mingdan ortiq foydalanuvchi tomosha qildi va unga hayrat bilan izoh yozishdi. “Vinni-Puxning videosi kayfiyatimni ko`tardi, uni kuni bilan qayta-qayta tomosha qildim”, deb o`z taassurotlari bilan o`rtoqlashdi foydalanuvchilardan biri. “Har safar raqsga tushayotgan Vinni-Puxni tomosha qilayotganimda uning oyoqchalaridan ko`zimni uzolmayman”, deb uni qo`llab-quvvatladi boshqa bir foydalanuvchi.

Vinni-Puxning ijtimoiy tarmoqlardagi mashhurligidan foydalangan ba`zi bir foydalanuvchilar Donald Trampning muhojirlarga nisbatan chiqargan qaroridan norozi ekanliklarini bildirish maqsadida turli izohlar qoldirishdi.


    Boshqa yangiliklar