AsosiySport

Ro`ziqul Berdiev: Akmal Shorahmedov haqiqiy professional ekanini isbotladi

'Ro`ziqul Berdiev: Akmal Shorahmedov haqiqiy professional ekanini isbotladi'ning rasmi

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turnirining o`tish bosqichida “Nasaf” jamoasi 4:0 hisobida Bahraynning “Al-Hidd” klubini mag`lubiyatga uchratdi. O`yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida qarshiliklar bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdiev ishtirok etdi.

“Bugungi muvaffaqiyat bilan barcha muxlislarni tabriklayman. Uchrashuv davomida futbolchilarda hayajon sezilib turdi, ammo eng muhimi “Nasaf” g`alaba qozondi. Raqib darvozasiga urilgan dastlabki ikki gol ularga salbiy ta`sir o`tkazdi va bu bizning foydamizga hal bo`ldi. Pley-off bosqichidagi raqibimiz – “Al-Fotih”ni ham o`rganib chiqyapmiz, bu jamoa o`ziga yarasha kuchli. So`nggi paytlarda ularning natijasi yaxshi bo`lmasa-da, bu “Nasaf” uchun oson bo`ladi, degani emas. Akmal Shorahmedovga keladigan bo`lsak, u Shuhrat Muhammadiev o`rnini bilintirmadi. Akmal ishonchimizni to`liq oqladi. U biz uchun to`g`ri keladigan haqiqiy professional ekanini isbotladi”, – dedi Ro`ziqul Berdiev.

Eslatib o`tamiz, mazkur g`alabadan keyin “Nasaf” jamoasi pley-off bosqichiga yo`l oldi. Ro`ziqul Berdiev shogirdlari guruh bosqichi yo`llanmasi uchun 7 fevral kuni safarda Saudiya Arabistonining “Al-Fotih” klubiga qarshi kuch sinashadi.

Boshqa yangiliklar