Osiyo Chempionalar Ligasi–2017 turniriga o`tish bosqichida Qarshining “Nasaf” jamoasi Bahraynning “Al-Hidd” klubiga qarshi bahs olib bordi. Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o`tkazilgan o`yinda qarshiliklar 4:0 hisobida zafar quchdi.
O`yinni faol boshlagan “Nasaf” a`zolari 16-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo`ldi. Standart vaziyatdan Akmal Shorahmedovning uzatmasidan keyin Shahboz Erkinov boshi bilan raqib darvozasini ishg`ol qildi.
10 daqiqadan “Nasaf” hisobni oshirdi. Ikkinchi gol ham birinchisi kabi standart vaziyatdan va Akmal Shorahmedov uzatmasidan keyin kiritildi. Bu safar gol muallifi Igor Golban bo`ldi – 2:0.
Uchrashuvning 76-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Doniyor Narzullaev hisobni yirik ko`rinishga olib keldi. O`yin yakunida Dragan Cheran “Nasaf”ning yirik g`alabasiga hissa qo`shdi.
Mazkur g`alabadan so`ng “Nasaf” futbolchilari OChL–2017 pley-off bosqichiga yo`l oldi. Navbatdagi bosqichda Ro`ziqul Berdiev shogirdlari guruh bosqichi yo`llanmasi uchun safarda Saudiya Arabistonining “Al-Fotih” klubi bilan kuch sinashadi.
OChL–2017 o`tish bosqichi
“Nasaf” (Qarshi) – “Al-Hidd” (Bahrayn) — 4:0
Gollar: Shahboz Erkinov (16), Igor Golban (26), Doniyor Narzullaev (76), Dragan Cheran (90).
“Nasaf”: 35. Sanjar Quvvatov, 2. Akmal Shorahmedov, 6. Aziz G`aniev, 15. Shahboz Erkinov (Bobir Abduxoliqov, 78), 18. Bahrom Abdurahimov, 20. Islom Kenjaboev (Doniyor Narzullaev, 68), 22. Igor Golban, 23. Sherzod A`zamov, 33. Odiljon Hamrobekov (Dilshod Rahmatullaev, 85), 34. Farrux Sayfiev, 69. Dragan Cheran.
“Al-Hidd”: 1. Abbos Ahmad, 2. Abdulla Fatadi (Ahmad Alxattal, 55), 6. Uche Agba, 7. Muhammad Al-Dovud, 10. Akarandut Orok, 15. Ibrohim Al-Obaydli, 16. Said Muhammad Adnan, 17. Ifedayo Olusegun, 18. Isa Musabbeh, 23. Rashid Al-Huti, 24. Ahmad Bug`ammar.
Ogohlantirish: Ahmad Bug`ammar (49).






